Yoel Romero sevimli besh jangchisi safiga ikki rossiyalikni ham qo'shdi
20 FEVRAL, 2026, 10:48
UFC chempionligiga sobiq davogar Yoel Romero o'zining sevimli besh nafar aralash yakkakurash (MMA) jangchisini sanab berdi."Men Jon Jons, Fyodor Emelyanenko, Jorj Sen-Per, Anderson Silva va Xabib Nurmagomedovni juda hurmat qilaman. Aynan shu beshlik mening tanlovim", - dedi Romero.
Malumot uchun, Yoel Romero aralash yakkakurashlardagi faoliyati davomida 23 ta jang o'tkazib, 16 g'alaba va 7 mag'lubiyat qayd etgan.

Manba: olamsport.com
