logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Olimpiadadagi xokkey turnirining 1/2 final juftliklari malum bo'ldi

 19 FEVRAL, 2026, 07:48

Italiyaning Milan va Kortina-d'Ampecco shaharlari mezbonlik qilayotgan Qishki Olimpiya o'yinlari o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Oq Olimpiadaning eng tomoshabop sport turi hisoblangan erkaklar o'rtasidagi xokkey bahslarida 1/2 final ishtirokchilari malum bo'ldi. Kutilganidek, g'oliblik uchun favoritlar qatorida etirof etilgan Kanada, AQSH, Slovakiya va Finlyandiya terma jamoalari 1/2 finalga etib keldi. 

AQSH terma jamoasi Olimpiya o'yinlarining chorak finalida SHveciyani 2:1 hisobida mag'lub etdi. G'olib jamoa tarkibida Dilan Larkin (32-daqiqa) va Kuinn Xyuz (64), shvedlar safida Miki Zibanejad (59) gol muallifiga aylanldi. Endi amerikalik xokkeychilar 20 fevral kuni 1/2 finalda Germaniyani 4:1 hisobida mag'lub etgan Slovakiya terma jamoasi bilan o'ynaydilar. 

Yana bir yarim finalda shu kuni Kanada va Finlyandiya terma jamoalari o'zaro to'qnash keladi. Ikkala jamoa ham chorak finalda qo'shimcha bo'limlarda irodali g'alabaga erishdi. Kanada CHexiyani (4:3), Finlyandiya SHveycariyani mag'lub (3:2) etdi. 

Yarim finalda mag'lubiyatga uchragan jamoalar 21 fevral kuni uchinchi o'rin uchun uchrashuvda hisob-kitob qiladi. Final 22 fevral kuni bo'lib o'tadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ