logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Jek Della Maddalena: "Islam bilan yana bir bor jang qilishni juda istayman"

 18 FEVRAL, 2026, 17:32

Yarim o'rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni, avstraliyalik Jek Della Maddalena rossiyalik amaldagi chempion Islam Maxachev bilan ikkinchi jang haqida gapirdi.

"Maqsadim — chempionlik kamarini qayta qo'lga kiritish. So'ngra yangi davogarlarga qarshi kuchimni sinab ko'rib, kim eng yaxshisi ekanini aniqlash. Men mutlaq chempion bo'la olishimga ishonaman. Islam bilan yana bir bor jang qilishni juda istayman. Bu mening orzuim. Biroq hozir u faoliyatining boshqa bosqichida turibdi. U bir kuni menga revansh berishga rozi bo'ladi, deb umid qilaman", deydi Jek Fightwave nashriga bergan intervyusida.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ