UFC sobiq jangchisi Oq uy turniri nima uchun muvaffaqiyatsiz chiqishi mumkinligini tushuntirdi
17 FEVRAL, 2026, 17:32
UFC sobiq jangchisi Mett Braunning fikricha, tashkilot 14 iyun kuni bo'lib o'tadigan Oq uy turniridan muxlislar kutayotgan umidlarni oqlay olmasligi mumkin."UFC’da avvalgidek yulduzlar yo'q, Konor [Makgregor] esa jang qilmaydi. Menga farqi yo'q kim nima deyishi. Konor nima deydi, Dana [Uayt] nima deydi — farqi yo'q. UFC uni reklama uchun ishlatyapti. U jang qilmaydi.
Men olti-ettita katta jangni tasavvur qila olmayman. Faqat Jons va Pereyra asosiy jang bo'lsa, balki. Ammo bu jang qiziqarlimi?
Yana bir katta muammo — UFC yaxshi janglarni qila oladi, lekin amerikaliklar-chi? Bu Oq uy. Muammo shundaki, UFC’da amerikalik yulduzlar deyarli yo'q", — dedi Braun.
Manba: olamsport.com
