Flik kechagi kutilmagan mag'lubiyat sababini aytdi
17 FEVRAL, 2026, 10:32
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liga 24-turi "Jirona"ga qarshi o'yinda (1:2) mag'lub bo'lganidan so'ng fikr bildirdi."Jirona" bugun g'alabaga loyiq edi. Biz juda yomon himoyalandik, ayniqsa qarshi hujumlar vaqtida raqibga juda katta kenglikni taqdim etdik. Bugun yarim himoyachilarimiz biz istagan o'yini ko'rsatishmadi", - deb fikr bildirdi murabbiy.
Ushbu o'yindan so'ng "Jirona" 29 ochko bilan La Liga jadvalida 12-o'rinda, "Barselona" esa 58 ochko bilan ikkinchi o'rinda turibdi.
Manba: olamsport.com
