logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Eldor SHomurodov murabbiyi Nuri SHaxin, to'purarlik poygasi va "Fenerbaxche" haqida gapirdi

 16 FEVRAL, 2026, 14:16

"Istanbul Bashakshehir" va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov Turkiya Superligasi 22-turidan o'rin olgan "Beshiktosh" bilan uchrashuvdan (2:3) so'ng "Fenerbaxche"ning qiziqishi haqidagi savolga javob berdi.

- Nuri SHahin kelgach jamoada o'sish kuzatildi...

- O'yin tomonlama ancha o'sdik. Kerakli ochkolarni qo'lga kiritdik. Katta o'yinlarda nimadir etishmayapti. Gol o'tkazib yubormaslik uchun ko'proq ishlashimiz kerak, biz uchun bir ochko ham ochko.

- To'purarlik poygasi ham avjiga chiqmoqda...

- Albatta, to'purar bo'lsam, xursand bo'laman. Ammo birinchi navbatda jamoa bilan Evropa Ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritishimiz kerak. 

- Transfer oynasi yopilguniga qadar Turkiyada kun mavzusi bo'lib turdingiz. "Fenerbaxche"dan taklif bilan chiqishdimi? 

- O'zim bu haqda faqat internetda o'qidim. Mengacha etib kelgani yo'q. Bu erda hammasi yaxshi ketyapti. Murabbiy bilan munosabatlarim yaxshi. U ham ketishimni istamasdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ