UFC sobiq chempioni Keyn Velaskes qamoqdan ozod qilindi
16 FEVRAL, 2026, 10:48
42 yoshli og'ir vazn toifasidagi UFC sobiq chempioni Keyn Velaskes 15 fevral kuni qamoqdan ozod etilganini elon qildi.U 2022 yilda sodir etgan qotillikka urinish va noqonuniy o'qotar qurol bilan hujum qilish aybi bilan besh yillik qamoq jazosini o'tayotgan edi.
"15 fevral kuni qamoqdan ozod qilinganimdan beri San-Xose hududida bir kunlik Holotropik nafas olish bo'yicha seminar o'tkazish g'oyasini o'rganib chiqdim. Nafas olish men uchun - jismoniy, ruhiy va manaviy jihatdan kuchli vositaga aylandi va men buni boshqalar bilan tinch muhitda baham ko'rmoqchiman", deb yozgan Velaskes ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Manba: olamsport.com
