logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

La liga. «Real Madrid» «Real Sosedad»ni yirik hisobda mag'lub etdi, Vinisius penaltidan 2 ta gol urdi (videosharh)

 15 FEVRAL, 2026, 07:34

Ispaniya chempionati — La Liganing 24-turi doirasida Real Madrid hamda "Real Sosedad" o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Bellashuv Madrid shahridagi «Santyago Bernabeu» stadionida o'tkazildi.

Maydon egalari mazkur bahsda 4:1 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi. Hisobni 5-daqiqada Gonsalo Garsiya ochdi. 21-daqiqada mehmonlar hujumchisi Mikel Oyarsabal penaltidan aniq zarba yo'llab, muvozanatni tikladi. 25-daqiqada esa «qirollik klubi» vingeri Vinisius Junior penaltidan foydalanib, jamoasini yana oldinga olib chiqdi. 31-daqiqada Federiko Valverde uchinchi golni kiritdi. Ikkinchi taym boshida Vinisius Junior yana bir penaltini golga aylantirib, dubl rasmiylashtirdi.

Qolgan daqiqalarda hisob o'zgarmadi. 24 turdan so'ng madridliklar 60 ochko to'plab, turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. «Real Sosedad» esa 31 ochko bilan sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.

Keyingi turda «Real Sosedad» 21 fevral kuni o'z maydonida «Ovedo»ni qabul qiladi. «Real Madrid» esa shu kuni safarda «Osasuna»ga qarshi maydonga tushadi.

Ispaniya — La Liga, 24-tur
14 fevral 2026 yil. Madrid. «Santyago Bernabeu»
Real Madrid — Real Sosedad — 4:1
Gollar: 1:0 — Garsiya (5), 1:1 — Oyarsabal (21, pen.), 2:1 — Vinisius Junior (25, pen.), 3:1 — Valverde (31), 4:1 — Vinisius Junior (48, pen.)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ