Daniil Eybog Olimpiada yarim finalida startga chiqdi
15 FEVRAL, 2026, 02:16
Italiyada Qishki Olimpiya o'yinlari davom etmoqda.Olimpiadaning short-trek bo'yicha erkaklar o'rtasidagi 1500 metr masofaga poyga bahslarida hamyurtimiz Daniil Eybog chorak final bahslarini muvaffaqiyatli o'tkazib, yarim finalga yo'l olgani haqida xabar bergandik.
Biroz avval u yarim finalda startga chiqdi. Daniil 7 nafar sportchi ichida 2:18.000 natija bilan marraga uchinchi bo'lib etib keldi. Bu orqali u B finalga yo'l oldi.
Afsuski B finalida medallar o'ynalmaydi.
Manba: olamsport.com
