logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Rasman: Igor Tudor "Tottenxem" bosh murabbiyi etib tayinlandi

 14 FEVRAL, 2026, 19:48

"Yuventus" sobiq bosh murabbiyi Igor Tudor "Tottenxem" jamoasini joriy mavsum yakuniga qadar boshqaradi.

London klubi rasman malum qilishicha, xorvatiyalik mutaxassisning asosiy vazifasi – jamoani Premer-ligada saqlab qolish bo'ladi. Sababi Tomas Frank ishdan olingan paytda "Tottenxem" turnir jadvalida 16-o'rinda borayotgan va xavfli hududdan atigi besh ochko yuqorida edi.

"Nyukasl"ga qarshi uydagi mag'lubiyatdan so'ng Tomas Frank istefoga chiqarildi. "Tottenxem" rahbariyati esa yozda unga uzoq muddatli voris tayinlashni rejalashtirmoqda.

47 yoshli murabbiy oktyabr oyidan buyon ishsiz edi – u o'sha paytda "Yuventus"dagi lavozimidan bo'shatilgan. SHuningdek, u ilgari "Lacio", "Marsel", "Galatasaray" va "Udineze" jamoalarini ham boshqargan. Tudor qisqa muddat ichida inqirozga uchragan jamoalarni barqarorlashtira oladigan mutaxassis sifatida tanilgan.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ