Milan va Kortina-2026. Medet Nazarov gigant-slalomdagi ilk chiqishini yakunladi
14 FEVRAL, 2026, 15:32
Italiyada 25-qishki Olimpiya o'yinlari davom etyapti.Tog' chang'isi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Medet Nazarov oq Olimpiada doirasida gigant slalom dasturida bahslarga kirishdi.
Hamyurtimiz dastlabki chiqishda 1:25.75 soniya natija qayd etdi. Bu orqali Medet marraga etib kelganida 48-pog'onaga joylashdi. Oldinda bir qancha sportchilarning ishtiroki kutib turibdi.

Manba: olamsport.com
