logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

FIDE Freestyle Chess Jahon chempionati. Bugun Abdusattorov final yo'llanmasi uchun Magnus Karlsen bilan o'ynaydi

 14 FEVRAL, 2026, 13:32

Germaniyaning Vangels shahrida shaxmat bo'yicha FIDE Freestyle Jahon chempionati o'tkazilmoqda.

Ushbu musobaqada hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham ishtirok etmoqda.

Kecha musobaqaning saralash bahslari bo'lib o'tdi.

8 nafar shaxmatchi o'zaro o'yinlar o'tkazishdi. 7 ta tur yakuniga ko'ra, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 4 ochko jamg'arib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Javohir Sindarov esa 3 ochko bilan 7-o'rindan joy oldi.



Endi bugun Abdusattorov yarim finalda norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi bahs olib boradi. Ikkinchi yarim final juftligida esa Vinsent Keymer va Fabiano Karuana o'zaro hisob-kitob qiladi.

Javohir Sindarov o'tish o'yinida qatnashadi. U ishtirokini hindistonlik Arjun Erigaisiga qarshi o'yin bilan boshlaydi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ