logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Kapello Jahon chempionati arafasida Tuxelni ogohlantirdi

 13 FEVRAL, 2026, 18:48

Angliya terma jamoasi Evropa jamoalari orasida birinchi bo'lib 2026 yilgi Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Biroq "uch sherlar"ning sobiq murabbiyi Fabio Kapello hozircha xursandchilik uchun asos ko'rmayapti. Italiyalik mutaxassis o'zining vorisiga futbolchilar kuzda mavsum oxiridagi kabi charchamasligini eslatib, ogohlantirish berdi.

"Tuxel milliy jamoani futbolchilarni holdan toydirmasdan Jahon chempionatiga olib chiqdi. Men aniq bilamanki, Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lgan paytimda sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida dunyoning eng kuchli jamoalariga qarshi hech qanday muammosiz o'ynay olardik.

Ammo mart va aprel oylariga kelib futbolchilarda charchoq alomatlari paydo bo'la boshlaydi, iyunga borib esa ular doim juda charchab qoladi. CHunki Angliya ligasi jismoniy jihatdan juda talabchan. Ispaniya yoki Italiyadagidek matbuot bosimi kuchli emas, lekin Angliyadagi charchoq — bu sof jismoniy charchoq", – dedi Kapello.


comhttps://championat.asia/upl ... l.jpg class="fr-fic fr-dii">

Avvalroq Tomas Tuxel Angliya terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirgan edi. 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ