logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

O'zbekiston va Franciya dzyudo federaciyalari o'rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko'tariladi

 12 FEVRAL, 2026, 17:00

"Paris Grand Slam 2026" turniri doirasida O'zbekiston dzyudo federaciyasi prezidenti Azizjon Kamilov va Franciya dzyudo federaciyasi prezidenti Stefan Nomi o'rtasida rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Muzokaralar chog'ida tomonlar o'zaro imzolangan Memorandum doirasidagi ikki davlat federaciyalari munosabatlarining hozirgi holatiga baho berib, uni yanada mustahkamlash, xalqaro raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan hamkorlikni yanada izchil rivojlantirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Quyidagi yo'nalishlar hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari sifatida belgilandi:

– francuz modelining sinovdan o'tgan amaliyotlarini hisobga olgan holda klub infratuzilmasi va boshqaruv mexanizmlarini rivojlantirish;

– Franciya tomonining dasturiy-metodik echimlari asosida umumiy talim tizimiga dzyudo elementlarini joriy etish;

– Yaponiya va Amerika Qo'shma SHtatlari murabbiylari qatori Franciyadan malakali mutaxassislarni O'zbekiston hududlaridagi faoliyatga jalb qilish;

– raqamli talim platformalaridan foydalangan holda milliy trener kadrlar tayyorlash tizimini modernizaciya qilish;

– dzyudo qadriyatlarini ommalashtirish va gumanitar-sport aloqalarini kengaytirishga qaratilgan qo'shma tadbirlarni amalga oshirish.


Uchrashuv so'nggida tomonlar oliy sport yutuqlari va ommaviy dzyudoni rivojlantirishning strategik vazifalarini o'zida mujassam etgan uzoq muddatli va o'zaro manfaatli hamkorlikdan manfaatdor ekanliklarini takidladilar.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ