logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Ispaniya kubogi. «Real Sosedad» «Atletik»ka qarshi dastlabki yarim final o'yinida safarda g'alaba qozondi (video)

 12 FEVRAL, 2026, 08:00

«Real Sosedad» Ispaniya Kubogi yarim finalining dastlabki uchrashuvida «Atletik» ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Bahs Bilbaodagi «San Mames» stadionida bo'lib o'tdi.

Birinchi bo'limda darvozalarga gol urilmadi. O'yinning 62-daqiqasida yarim himoyachi Benyat Turrentes Gonsalu Gedeshning uzatmasidan so'ng gol urib, jamoasiga g'alaba keltirgan yagona to'p muallifiga aylandi.

Javob uchrashuvi 4 mart kuni San-Sebastyanda bo'lib o'tadi.

Ispaniya Kubogi. 1/2 final | 12 fevral | «San-Mames» stadioni

Atletik — Real Sosedad — 0:1

Atletik Bilbao

Asosiy tarkib: Padilya, Lyaport, Monreal, Boyro, Lekue, Xauregizar, Rego, U. Gomes, Navarro, Inyaki Uilyams, Guruseta.

Zaxiradan tushganlar: Vesga (82), Ruis de Galarreta (56), Sanches (56), Uilyams (56), Serrano (56).

Real Sosedad

Asosiy tarkib: Remiro, Chaleta-Tsar, Xon Martin, S. Gomes, Aramburu, Gorrotshategi, Turrentes, Soler, Gonsalu Gedesh, Marin, Oyyarsabal.

Zaxiradan tushganlar: Elustondo (74), Oskarsson (74), Odriosola (85), Oching (90+5), Errera (85).

Uchrashuvdagi muhim voqealar:

Gol: Turrentes, 62 (0:1).

Ogohlantirishlar: Ruis de Galarreta (65) — Gonsalu Gedesh (58), Odriosola (64), Oyyarsabal (90).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ