logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Manchester Siti" himoyachisi va yarim himoyachisi "Everton"ga o'tishi mumkiin

 11 FEVRAL, 2026, 18:16

Liverpul klubi mavsum yakunida tarkibni kuchaytirish borasida katta rejalarni tuzib chiqdi.

"TEAMtalk" nashrining xabar berishicha, "Everton" nishonida "Manchester Siti"ning ikki nafar taniqli futbolchisi bor.

Grilish qoladimi? Ayni damda ijara asosida "irislar" sharafini himoya qilayotgan Jek Grilish klub rahbariyatida ijobiy taassurot qoldirgan. "Everton" uni doimiy ravishda olib qolmoqchi, biroq "shaharliklar" so'rayotgan 50 million funt (57,5 mln evro) liverpulliklar uchun ancha qimmatlik qilmoqda. Klub transfer narxini tushirish borasida muzokaralarni davom ettiradi.

Stounzning qaytishi: Yana bir qiziqarli nom — Jon Stounz. 31 yoshli himoyachining "Siti" bilan shartnomasi shu yozda yakuniga etadi, demak u "Everton"ga tekinga o'tishi mumkin. Biroq bu erda bir "lekin" bor:

Klub Stounzning tez-tez jarohat olishidan xavotirda.

SHu bilan birga, uning tajribasi jamoa himoyasini sezilarli darajada kuchaytirishi mumkin deb hisoblanmoqda.

Eslatib o'tamiz, Jon Stounz aynan "Everton" orqali katta futbolga kirib kelgan va 2016 yilda Manchesterga yo'l olgan edi. Endi oradan yillar o'tib, u o'z sobiq jamoasiga qaytishi mumkin.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ