A Seriya top-klubi yulduz o'yinchi bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshladi
10 FEVRAL, 2026, 18:16
"Yuventus" jamoa etakchilaridan biri, yarim himoyachi Kefren Tyuram bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarga kirishdi.Insayder Nikolo Skira malumotlariga ko'ra, o'tgan hafta Turin klubi va Tyuram agentlari o'rtasida ilk uchrashuv bo'lib o'tgan. Unda shartnomani 2030 yilgacha uzaytirish masalasi muhokama qilingan.
Qayd etilishicha, uchrashuv ijobiy ruhda o'tgan va tomonlar o'zaro kelishuvga yaqin.comhttps://championat.asia/upl ... l.jpg class="fr-fic fr-dii">
Aytish joizki, kuni kecha Kenan Yildiz "keksa sinora" bilan yangi shartnoma imzolagani malum qilingandi.
Eslatib o'tamiz, A Seriyaning 23 turidan so'ng Turin jamoasi turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Manba: olamsport.com
