Uaylder: "Agar Joshua hali ham ishda bo'lsa, yo'llarimiz albatta kesishadi"
10 FEVRAL, 2026, 15:48
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni, amerikalik Deontey Uaylder agar Entoni Joshua faoliyatini tiklashga qaror qilsa, unga qarshi jang o'tkazishga qiziqish bildirdi."Men bir narsani aniq bilaman: Joshua hali ham ishda. Men Entoni nafaqaga chiqqan, degan gaplarni eshitdim. Bu qancha davom etishini bilmayman, lekin agar u qaytib kelsa va hali ham ishda bo'lsa, men ham [shunday bo'lsam], jang qilishimiz mumkin.
Og'ir vazn divizioni juda kichik, bu erda yigitlar kam bo'lgani uchun biz bir-birimiz bilan uch, to'rt, besh marta ham jang qilishimiz mumkin. SHuning uchun yo'llarimiz baribir bir kuni kesishishi kerak", — dedi Uaylder.
comhttps://media.gettyimages.c ... 6XVs= class="fr-fil fr-dib">
Manba: olamsport.com
