Iliya Topuriya UFC’dagi asosiy maqsadini ochiqladi
9 IYUL, 2025, 09:48
UFC engil vazn chempioni Iliya Topuriya o'zining asosiy maqsadi - UFC’da uchta vazn toifasida chempion bo'lish ekanini yana bir bor tasdiqladi.— UFC tarixida hech kim uchta turli vazn toifasida chempion bo'lmagan. Siz uchun navbatdagi maqsad shundan iboratmi?
— Menga bu savolni bermang (kulgan holda). Lekin, ha, bu mening maqsadim, — deya Topuriyaning so'zlarini keltiradi Abc.es portali.
Avvalroq Topuriya UFC rahbariyati undan hozircha yarim o'rta vaznga o'tish haqida gapirmaslikni so'raganini malum qilgan edi.
Manba: olamsport.com
