Layma Vladson Turkiyadagi ITF W15 turniridagi ishtirokini yakunladi
8 FEVRAL, 2026, 10:16
O'zbekistonlik tennischi Layma Vladson Turkiyada o'tayotgan ITF W15 Antalya 3 Women xalqaro turnirining yarim final uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi.Final chiptasi yo'lidagi bahsda Layma Vladson slovakiyalik Nina Vargovaga qarshi kortga chiqdi.
Bellashuvda Vargova 6/4, 7/6 hisobida zafar quchdi.
Malumot uchun, 18 yashar Layma hozirda WTA reytingida 880, 20 yoshli Nina esa 684-o'rinni band etib turibdi.
Manba: olamsport.com
