Furqatbek Yoqubov braziliyalik jangchiga hech qanday imkon qoldirmadi
8 FEVRAL, 2026, 00:00
O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Furqatbek Yoqubov navbatdagi jangini o'tkazdi.The Ultimate Fighter 33 shousi ishtirokchisi bo'lmish Yoqubov Toshkentda o'tkazilayotgan Mangu MMA 1 turnirida qatnashdi.
Braziliya vakili Nildo Machadoga qarshi kechgan bahsda Furqatbek Yoqubov ikkinchi raundda raqibi ustidan TKO orqali zafar quchdi.
Bu orqali hamyurtimiz faoliyatidagi 21-jangida 17-g'alabasini rasmiylashtirdi.
Manba: olamsport.com
