"Devis kubogi". Nigeriya va O'zbekiston o'rtasidagi ilk kungi uchrashuvlar yakunlandi
7 FEVRAL, 2026, 21:32
Bugundan Nigeriyaning Lagos orolida joylashgan Lagos Lawn Tennis Club majmuasida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasidagi jamoaviy "Devis kubogi" musobaqasi doirasida Nigeriya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'yinlar seriyasi boshlandi.Ilk kungi o'yinlar doirasida mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonov (ATP-615) Abua Kanisega qarshi kortga chiqdi. 1 soat, 51 daqiqa davom etgan uchrashuvda Sultonov 6/3, 6/4 hisobida o'z g'alabasini taminladi.
Ikkinchi bahsda esa afsuski, Abdulaziz Usmonjonov (ATP-1933) Daniel Adeleyega imkoniyatni boy berib qo'ydi — 6/4, 2/6, 4/6.
SHu tariqa, dastlabki kungi bellashuvlardan so'ng Nigeriya va O'zbekiston o'rtasidagi hisob 1:1 ko'rinishiga keldi. Qayd etish joiz, bugun kortga chiqqan nigeriyalik tennischilarning ikkisi ham dunyo reytingidan o'rin olmagandi.
Ertangi o'yinlar ro'yxati:
Maykl Emmanuel/Yusuf Abubakar — Ilya Ignatov/Suxrob Saidov
Daniel Adeleye — Humoyun Sultonov
Abua Kanise — Abdulaziz Usmonjonov.
Manba: olamsport.com
