logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Rasman. Alisher G'aniev va Aytjan Xalmaxanov PWL 11 turnirida qatnashadi

 6 FEVRAL, 2026, 15:32

Xabaringiz bor, 27 mart kuni Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasi sport kurashlari bo'yicha PWL 11 musobaqasiga mezbonlik qiladi.

Liga matbuot xizmati turnirdan o'rin olgan navbatdagi bellashuvlarni elon qildi.

Unga ko'ra, yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Alisher G'aniev va Aytjan Xalmaxanov mazkur musobaqada ishtirok etadi.

U23 yosh toifasidagi Jahon chempioni hamda Islom birdamligi o'yinlari g'olibi Alisher G'anievga turnirda rossiyalik JCH va Evropa chempionati sovrindori Sadik Lalaev raqiblik qilsa, kattalar o'rtasida amaldagi Jahon chempioni Aytjan Xalmaxanov kubalik Tokio-2020 Olimpiadasi g'olibi, 2023 yilgi JCH oltin medali sohibi Luis Alberto Orta Sanches bilan to'qnash keladi.




comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fic fr-dii">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ