Movsar Evloev faoliyatida ilk bor 5 raundlik jang o'tkazadi
5 FEVRAL, 2026, 13:00
Kecha rossiyalik aralash yakka kurash ustasi Movsar Evloevning keyingi jangi aniq bo'lgani haqida xabar bergandik.31 yoshli Movsar 21 mart kuni Londonda o'tkaziladigan UFC Fight Night 270 turnirining asosiy jangi doirasida Leron Myorfiga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Markaziy bellashuv 5 raund etib belgilangan. Etiborlisi, bu Movsar uchun karerasidagi ilk 5 raundlik bahs va markaziy jang bo'ladi.
Movsar Evloev yarim engil vazn toifasi UFC reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi. U o'zining so'nggi jangini 2024 yilning dekabr oyida o'tkazgan va hakamlarning yakdil qarori bilan Aljameyn Sterling ustidan g'alaba qozongandi. Bungacha u Arnold Allen, Diego Lopes va Den Igeni ham mag'lub etgan. Uning UFC’dagi barcha g'alabalari hakamlar qarori bilan qo'lga kiritilgan.
34 yoshli Leron Merfi (17-0-1) esa 2025 yilning avgustida o'tgan UFC 319 turnirida Aaron Piko ustidan g'alaba qozongan edi. Bungacha u Josh Emmet, Den Ige va Edson Barbosani mag'lub etgan.
Manba: olamsport.com
