logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Gamburg" yulduzi ichib rulga o'tirgani uchun rekord summada jarimaga tortildi!

 4 FEVRAL, 2026, 19:16

Germaniyaning "Gamburg" klubi vingeri Jan-Lyuk Dompe mast holatda mashina boshqargani uchun qattiq jazolandi.

Yanvar oyi oxirida policiya tomonidan to'xtatilgan 30 yoshli franciyalik futbolchining organizmida alkogol borligi aniqlangan edi. Klub rahbariyati ushbu holatga murosasiz munosabatda bo'ldi.

Klub tomonidan qo'llanilgan jazo choralari:

Futbolchi olti xonali sonlardan iborat (kamida 100 000 evro) rekord miqdordagi jarimaga tortildi.

U nomalum muddatga Bundesliga o'yinlaridan chetlatildi.

Futbolchining o'zi aybini tan oldi:

"SHunchaki uzr so'rash kamligini tushunib turibman. Men namunali inson sifatida kutilgan ishonchni oqlay olmadim. Klub, murabbiylar shtabi va muxlislardan juda ham uzr so'rayman. Jamoani muhim pallada pand berib qo'yganimdan afsusdaman", — dedi Dompe.

Malumotlarga ko'ra, Dompe jazo tariqasida ijtimoiy ishlarga jalb qilinadi. U shu haftadan mashg'ulotlarga qaytadi, biroq uning maydonga tushish-tushmasligini klub rahbariyati keyinroq hal qiladi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ