Yamayka terma jamoasi sardorining "Dinamo" bilan kelishuvi amalga oshmadi
3 FEVRAL, 2026, 17:16
Yamaykalik himoyachi Damian Lou samarqandliklar tarkibiga qo'shilmadi.Championat.asia sayti malumotlariga ko'ra, 32 yoshli futbolchi "Dinamo" ko'rigida qatnashgan, biroq klub bilan bitim imzolamagan.
Malum bo'lishicha, futbolchining oilasi yo'l-transport hodisasiga yo'liqqan va u O'zbekistonni tark etishga majbur bo'lgan.
Avvalroq u samarqandliklar safida o'ynashi haqida malumotlar paydo bo'lgandi.
Damian Lou Yamayka terma jamoasi etakchilaridan biri bo'lib, AQSH, Norvegiya va Misr klublarida harakat qilgan. Terma jamoa libosida 78 o'yinda 4 ta gol urgan.
Manba: olamsport.com
