CHimaev vazn tashlashdan charchagani va vaznini o'zgartirishi mumkinligi aytildi
3 FEVRAL, 2026, 16:48
UFC sobiq chempioni Kamaru Usman nega o'rta vazn chempioni Xamzat CHimaev yarim og'ir vaznga o'tishni istayotganini tushuntirdi."Xamzat Pereyrani jangga chorlashda davom etayotgani shuni ko'rsatmoqdaki, u yana vazn haydashdan charchagan. Xuddi yarim o'rta vazn vaqtida bo'lganidek. Endi u shunday o'ylamoqda: "Menga boshqa divizionda kurashish va kamar yutish imkonini bering". CHunki u hozir 104 kg vaznga ega ekanligi haqida gap-so'zlar yuribdi.
Agar shunday bo'lsa, buni tushunaman. Agar senda ortiqcha vazn katta bo'lsa, bunday qilishdan mano bor. Nima uchun meyorni bajarish uchun o'zingni bunday qattiq qiynashing kerak?", - dedi Usman.
comhttps://img.championat.com/ ... 7.jpg class="fr-fil fr-dib">
Manba: olamsport.com
