Futzal. Bugun Osiyo Kubogi 1/4 finalidan o'rin olgan O'zbekiston - Eron o'yini bo'lib o'tadi
3 FEVRAL, 2026, 11:16
Bugun Indoneziya mezbonlik qilayotgan futzal bo'yicha Osiyo Kubogida chorak final uchrashuvlari o'tkaziladi.Nodir Eliboev shogirdlari yarim final chiptasi uchun Eron bilan to'qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 11:00da start oladi. Bu juftlikda zafar quchgan jamoa keyingi bosqichda Tailand-Iroq qarama-qarshiligi g'olibi bilan o'ynaydi.
Malumot uchun, Eron amaldagi Osiyo chempioni hisoblanadi. 2024 yilgi qita turnirida forslar yarim finalda penaltilar seriyasida O'zbekistonni taslim etgan edi.

Manba: olamsport.com
