logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rasman: 19-0 rekordiga ega Movsar Evloev Navro'z kuni Londonda jang qiladi + POSTER

 3 FEVRAL, 2026, 10:16

Bu malumotni UFC promousheni rasman tasdiqladi.

Movsar Evloev (19-0) va Leron Merfi o'rtasidagi to'qnashuv 21 mart kuni Londonda o'tkaziladigan UFC Fight Night 270 turnirining asosiy jangiga aylanadi. 

31 yoshli Movsar yarim engil vazn toifasi UFC reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi. U o'zining so'nggi jangini 2024 yilning dekabr oyida o'tkazgan va hakamlarning yakdil qarori bilan Aljameyn Sterling ustidan g'alaba qozongandi. Bungacha u Arnold Allen, Diego Lopes va Den Igeni ham mag'lub etgan. Uning UFC’dagi barcha g'alabalari hakamlar qarori bilan qo'lga kiritilgan.

34 yoshli Leron Merfi (17-0-1) esa 2025 yilning avgustida o'tgan UFC 319 turnirida Aaron Piko ustidan g'alaba qozongan edi. Bungacha u Josh Emmet, Den Ige va Edson Barbosani mag'lub etgan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ