logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Kamilla Rahimova 36 yashar dunyoning 36-raketkasiga qarshi kortga chiqdi

 3 FEVRAL, 2026, 07:48

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida o'tkazilayotgan WTA 250 toifasiga kiruvchi turnirda o'z omadini sinab ko'rmoqda.

Musobaqaning mukofot jamg'armasi 283 347 AQSH dollarini tashkil qiladi. Rahimova ilk davrada ruminiyalik Sorana Kirstyaga qarshi kortga chiqdi. Aprel oyida 36 yoshga to'ladigan tajribali tezbon tennischi turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan. 

Afsuski, 101 daqiqa davom etgan uchrashuvda Sorana o'z vatandoshlari qo'llab-quvvatlashi ostida Kamilladan ustun keldi - 6/4, 6/4. Kirstya ayol tennischilarga unchalik xos bo'lmagan tarzda 14 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Rahimovada bu ko'rsatkich 2 tani tashkil etdi. Qo'shxatolar vakilamizda ko'proq bo'ldi - 5 ga 1. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan uchinchi uchrashuvi edi - 3:0.     

Endi Kamilla Rahimova bor etiborini juftlikdagi ishtirokiga qaratadi. U bugun ispaniyalik Tormo Sorribes bilan juftlikda Xitoy Taypeyi vakilalariga qarshi bahs olib boradi.  



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ