"Uning gaplarini jiddiy qabul qilmayman". Volkanovski - Carukyan haqida
2 FEVRAL, 2026, 17:32
Volkanovski UFC engil vazn reytingida ikkinchi o'rinda turgan Arman Carukyanning jang taklifini jiddiy qabul qilmasligini bildirdi."Arman rostdan ham menga chaqiriq tashladimi? Bilmayman. U baland bo'yli emas, lekin juda baquvvat. U yarim engil vaznga tusha oladimi? Ishonchim komil emas. Lekin yana aytaman — men istalgan joyda, istalgan raqib bilan jang qilishga tayyorman. Bu, albatta, ajoyib chaqiriq bo'lardi. Biroq uning gaplarini jiddiy qabul qilmayman, chunki Arman engil vaznda chempionlik jangini olishi kerak edi. Balki u hazil qilayotgandir. Bu masalaga jiddiy yondashmayman. Menda yana ikki jiddiy davogar bor — Movsar va Leron", — dedi Volkanovski UFC 325 turniridan keyingi matbuot anjumanida.
Manba: olamsport.com
