logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

WTA reytingi. Ikkinchi raketkamiz o'zgardi, etti nafar tennischimiz ko'tarildi

 2 FEVRAL, 2026, 13:16

Bugun Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) professional tennischilarning yangi haftalik reytingini elon qildi.

Yangilangan reytingda tennischilarimizdan birgina Mariya Timofeeva pastlagan. U 17 pog'onaga pastlab, ikkinchi raketka maqomini Polina Kudermetovaga topshirdi. Polina 11 o'ringa yuqoriladi va aynan u endi O'zbekistonning ikkinchi raketkasi. Birinchi raketkamiz Kamilla Rahimova o'z o'rnida (93) qoldi. Layma Vladson 4, Vlada Yakshibarova 7, Milana Maslenkova 12, Sevil Yuldasheva 13, Nigina Abduraimova 5, Diana Yakovleva 9 o'ringa ko'tarilgan. 

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida Avstraliya Ochiq chempionati natijalari asnosida o'zgarishlar kuzatildi. Musobaqa chempionligini qo'lga kiritgan qozog'istonlik Elena Ribakina 5-pog'onadan 3-o'ringa yuqoriladi. Amerikalik Koko Goff aksincha, 3-o'rindan 5-pog'onaga tushdi. Yarim finalga qadar etib kelgan ukrainalik Elina Svitolina Top-10`ga kirib oldi. SHveycariyalik Belinda Benchich ham bir pog'onaga o'rnini yaxshilab oldi. Reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. U Australian Open finalida Ribakinaga yutqazib qo'ygandi. Ikkinchi o'rindan polshalik Iga Svyontek joy olgan. 


WTA reytingi. 2 fevral kungi holat:

1 (1). Arina Sobolenko (Belarus) — 10 990 ochko.

2 (2). Iga Svyontek (Polsha) — 7978.

3 (5). Elena Ribakina (Qozog'iston) — 7610.

4 (4). Amanda Anisimova (AQSH) — 6680.

5 (3). Kori Gauff (AQSH) — 6423.

6 (6). Jessika Pegula (AQSH) — 6103.

7 (7). Mirra Andreeva (Rossiya) — 4731.

8 (8). Jasmin Paolini (Italiya) — 4267.

9 (10). Belinda Benchich (SHveycariya) — 3342.

10 (12). Elina Svitolina (Ukraina) — 3205.

11 (11). Ekaterina Aleksandrova (Rossiya) — 2983...


O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

93 (93). Kamilla Rahimova – 802

139 (150). Polina Kudermetova – 533

155 (138). Mariya Timofeeva – 463

880 (884). Layma Vladson – 30

1066 (1073). Vlada Yakshibarova – 16  

1188 (1200). Milana Maslenkova – 11 

1242 (1255). Sevil Yuldasheva – 9

1395 (1400). Nigina Abduraimova – 5  

1481 (1490). Diana Yakovleva – 3



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ