logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Dinamo" Toshkentda mashg'ulotlarni boshladi

 2 FEVRAL, 2026, 12:32

"Dinamo" klubi ikki kunlik dam olishdan keyin, 1 fevraldan Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi.

Samarqand jamoasi 16-29 yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida dastlabki o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida 4 ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Ikki kunlik tatildan keyin, jamoa 1 fevraldan poytaxtda tayyorgarlikni boshladi.

Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoa 1-6 fevral kunlari Toshkentdagi yig'inda "Mashal" (3 fevral) va "Aral" (5 fevral) jamoalariga qarshi nazorat bahsida maydonga tushadi. 

6 fevral kuni esa Toshkent – Dubay aviareysi orqali ikkinchi xorij yig'inini o'tkazish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo'nab ketadi. BAAdagi yig'in va raqiblar haqida yana batafsil malumot beriladi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ