Alkaras Australian Open`dagi g'alabasi sharafiga qanday tatuirovka chizdirishini aytdi
2 FEVRAL, 2026, 09:32
Jahonning birinchi raketkasi Karlos Alkaras Avstraliya Ochiq chempionatidagi g'alabasi sharafiga badaniga hayvonning suratini chizdiradi.Kechagi chempionligidan so'ng ispaniyalik tennischi barcha "Katta Dubulg'a" turnirlari US Open, "Rolan Garros", Uimbldon va Australian Open bosh sovrinlarini o'z qo'lida birlashtirdi. Unda Australian Open`dan tashqari qolgan barcha "Katta Dubulg'a" turnirlari chempionliklariga bag'ishlangan tatuirovkalar bor edi.
— Allaqanday g'oyangiz bormi?
— Men bu tatuirovka, albatta, kenguru bo'ladi, degandim. Ha, kichkina kenguru (jilmayib). Men uni aniq oyog'imga chizdiraman - o'ng yoki chap oyog'imga, ochig'i bilmayman. Yaxshi joy tanlash kerak. Lekin "Rolan Garros" yoki Uimbldon sharafiga ishlangan tatuirovkalar yonida bo'ladi. Faqat qaror qabul qilish qoldi", - dedi ispaniyalik matbuot anjumanida.

Manba: olamsport.com
