logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Tata Steel Chess 2026. O'zbek shaxmatining Veyk-an-Zeedagi triumfi. Nodirbek chempion, Javohir ikkinchi! (+FOTO)

 2 FEVRAL, 2026, 08:48

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo'yicha ananaviy Tata Steel Chess nufuzli musobaqasi o'zbekistonlik shaxmatchilarning muvaffaqiyati bilan yakunlandi.

Turnirning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida dunyoning etakchi 14 grossmeysteri qatorida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham bosh sovrin uchun bahs olib borishdi. Kecha o'tkazilgan so'nggi 13-tur uchrashuvlarida shaxmatchilarimiz qora donalarda o'ynaganliklariga qaramay, raqiblarini mag'lubiyatga uchratishdi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Abdusattorov chempionlik matchida Hindistonning ayni paytdagi birinchi raqamli shaxmatchisi Arjun Erigaisini chiroyli usulda mag'lub etdi. Javohir Sindarov musobaqa jadvalida so'nggi o'rinni egallab turgan chexiyalik Tay Dai Van Nguendan ustun keldi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

SHu tariqa, Nodirbek Abdusattorov 13 imkoniyatdan 9 ochko jamg'arib, to'rtinchi urinishda Tata Steel Chess 2026 chempionligini qo'lga kiritdi. Javohir Sindarov 8,5 ochko bilan sof ikkinchi o'rinni egalladi. Mezbonlar vakili Yorden van Forest 7,5 ochko to'plagan holda, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra sovrinli uchinchi o'rinni band etdi. Amerikalik Hans Niemann va germaniyalik Vinsent Keymer 7,5 ochko bilan Top-5`ga yakun yasab berishdi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Musobaqaning o'tgan yilgi chempioni hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha esa 5,5 ochko bilan 11-pog'onadan joy oldi. Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju (Hindiston) 13 imkoniyatdan 6,5 ochko to'pladi va 10-o'rin bilan kifoyalandi. U so'nggi turda oq donalarda germaniyalik Vinsent Keymer bilan murosaga keldi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Tata Steel Chess 2026. 13-tur natijalari:

Vladimir Fedoseev (Sloveniya) — Aravindh CHitambaram (Hindiston) 1-0

Mattias Blubaum (Germaniya) — Yagiz Kaan Erdogmush (Turkiya) 0,5-0,5

Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston) — Yorden van Forest (Niderlandiya) 0,5-0,5

Arjun Erigaisi (Hindiston) — Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston)  0-1

Tay Dai Van Nguen (CHexiya) — Javohir Sindarov (O'zbekiston) 0-1 

Anish Giri (Niderlandiya) — Hans Niemann (AQSH) 0,5-0,5

Gukesh Dommaraju (Hindiston) — Vinsent Keymer (Germaniya) 0,5-0,5


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">






comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ