logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

U uchun 2026 yil yakunlangani aytilgan SHavkat Rahmonov xabarga izoh berdi

 2 FEVRAL, 2026, 08:16

Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan qozog'istonlik yarim o'rta vazn toifasidagi UFC jangchisining tizzasidagi jarohat sabab 2026 yilni o'tkazib yuborishi aytilgandi.

"Jangchining yo'li hech qachon oson bo'lmaydi. Hayot bizga dosh berolmaydigan sinovlarni bermaydi. Har bir orzuning o'z bahosi bor va bazida bu narx sog'liq bo'ladi. Bugun to'g'risini aytishim kerak: davom etayotgan surunkali jarohatlar tufayli yana bir operaciyani boshdan kechirishga to'g'ri keldi va to'liq tiklanishim uchun malum vaqt kerak bo'ladi. Natijada, mening oktagonga qaytishim kechikmoqda.

Bunga ko'nikish oson emas, lekin men har bir to'siq kattaroq rejaning bir qismi ekanligiga chin dildan ishonaman. Men har qachongidan ham kuchliroq, aqlliroq va ochroq bo'lib qaytaman. Maqsadim hamon yashayapti. UFC kamari kun kelib Qozog'istonda bo'lishi kerak. Nima bo'lishidan qati nazar, men bilan qolgan barchaga rahmat. Bu yo'lning oxiri emas - bu uning muhim bobi", - deb yozdi "Nomad" ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, 31 yoshli SHavkat Rahmonov deyarli 14 oydan beri jang o'tkazmayapti. U kuni kecha Olma-Ota shahrida o'tkazilgan Naiza FC 80 turniriga qo'ltiqtayoqda kelgan edi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ