Humoyun Sultonov Zahra turniri chempioni!
2 FEVRAL, 2026, 08:00
Kuvaytning Zahra shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir hamyurtimizning g'alabasi bilan yakunlandi.Musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz Humoyun Sultonov turnir chempioniga aylandi. U hal qiluvchi final uchrashuvida turnirning beshinchi raketkasi, shveycariyalik Luka Stayxelini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/2.
Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov final oldidan ATP reytingida 581, 25 yoshli Luka esa 749-pog'onadan joy olgandi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.

Manba: olamsport.com
