logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Sultonov Kuvayt turnirining juftlik bahslari finalida o'ynadi

 1 FEVRAL, 2026, 13:16

Kuvaytning Zahra shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir o'z yakuniga etib bormoqda.

Musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz Humoyun Sultonov yakkalikdan tashqari juftlik bahslarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Hamyurtimiz franciyalik Kuzmin Bittun bilan ikkinchi raqamli juftlikni hosil qilgandi. Ular hal qiluvchi final uchrashuvida musobaqada birinchi raqam ostida saralangan turkiyalik tandem - Mert Ozdemir va Mert Nasi Turkerga qarshi kortga chiqishdi.  

Murosasiz kechgan finalda turkiyalik tennischilar 5/7, 6/4, katta tay-brekda 10/6 hisobida g'alaba qozonib, Zahra turniri juftlik bahslari chempioniga aylanishdi. Sultonov va Bittun esa vice-chempion sifatida turnir tarixiga kirishdi.   




Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ