“Istiqlol”: Masharipov operaciya qilindi
1 FEVRAL, 2026, 12:32
Eronning “Istiqlol” klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov operaciya qilindi.“Jaloliddin Masharipov jarohatdan so'ng davolanish uchun chet elga yuborildi va operaciya qilindi.
Masharipovga sog'lik va maydonga ajoyib qaytishni tilab qolamiz”, — deb yozdi fors klubi matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston MTJ futbolchisi bunga qadar jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqqan va 1 yanvarda maydonga qaytgandi. Masharipov o'sha o'yinda zaxiradan maydonga tushib, so'ngra yana almashtirilgandi. Futbolchi o'yindan so'ng jarohat olmaganini malum qilgandi.
Hozircha o'yinchining qancha vaqtga safdan chiqqani nomalum.

Manba: olamsport.com
