UFC 325. Tuivasa Teysheyraga mag'lub bo'ldi
1 FEVRAL, 2026, 08:16
Sidney shahrida UFC 325 turniri davom etmoqda.Turnirning asosiy kardidan o'rin olgan janglardan birida mezbon sportchi Tai Tuivasa braziliyalik Tallison Teysheyraga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang to'liq uch raund davom etdi.
Yakunda hakamlar qaroriga ko'ra, bir ovozdan Tallison Teysheyra ochkolar evaziga g'alaba qozondi.
Turnirning asosiy jangida yarim engil vazn toifasi chempioni Aleks Volkanovski braziliyalik Diego Lopesdan kamarini himoya qiladi.
Manba: olamsport.com
