Ikram Aliskerov UFC 318 turnirida jang qila olmaydi
8 IYUL, 2025, 12:48
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Ikram Aliskerov 20 iyul kuni Nyu-Orleanda o'tkaziladigan UFC 318 turnirida oktagonga chiqmaydi.«Vestnik MMA» Telegram kanalining xabar berishicha, sportchi oyoq barmog'idan jarohat olgan. U turnir doirasida braziliyalik Bruno Ferreyra bilan bahs olib borishi kerak edi.
Aliskerov hamyurti Rinat Faxretdinov bilan sparringa jarayonida jarohat orttirib olgan. 32 yoshli Ikram Aliskerov UFC'da hozirga qadar 4 ta jang o'tkazib, 3 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan.
Manba: olamsport.com
