Tata Steel Chess 2026. Arjunni mag'lub etgan Cindarov peshqadam Abdusattorovga etib oldi + FOTO
31 YANVAR, 2026, 11:00
Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha ananaviy Tata Steel Chess musobaqasida 11-turidan so'ng ikki o'zbek grossmeysteri jadvalda qo'shhokimga aylandi.Turnirning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida dunyoning etakchi 14 grossmeysteri qatorida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham bosh sovrin uchun bahs olib boryapti va etiborlisi, kecha o'tkazilgan 11-turdan so'ng ikki shaxmatchimiz 7 tadan ochko jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokim bo'lib olishdi. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra Javohir 1-o'rinni band etgan, Nodirbek esa 2-o'rinda.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Kechagi turgacha peshqadam bo'lib kelgan Abdusattorov qora donalarda niderlandiyalik Yorden van Forest bilan murosaga keldi. Sindarov esa qora donalarda o'ynaganiga qaramay, Hindistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Arjun Ergaisini mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Musobaqaning amaldagi chempioni hindistonlik Rameshbabu Pragganandha oq donalarda harakat qilib, germaniyalik Vinsent Keymerga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Sloveniyalik Vladimir Fedoseev yana bir olmon shaxmatchisi Mattias Blubaum bilan durang o'ynadi. Turkiyalik 14 yoshli grossmeyster Yagiz Kaan Erdogmush mezbonlar vakili Anish Giriga yutqazdi. Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju hind derbisida Aravindh CHitambaram bilan murosaga keldi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
O'n birinchi turdan so'ng Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov 7 tadan ochko jamarib, birinchi va ikkinchi o'rinlarni band etishgan. Yorden van Forest, Mattias Blubaum va amerikalik Hans Niemann hisobida 6,5 ochkodan bor. Vinsent Keymer 6 ochko bilan 6-o'rindan joy olgan.
Tata Steel Chess 2026. 11-tur natijalari:
Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston) — Vinsent Keymer (Germaniya) 0-1
Tay Dai Van Nguen (CHexiya) — Hans Niemann (AQSH) 0-1
Vladimir Fedoseev (Sloveniya) — Mattias Blubaum (Germaniya) 0,5-0,5
Yorden van Forest (Niderlandiya) — Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) 0,5-0,5
Arjun Erigaisi (Hindiston) — Javohir Sindarov (O'zbekiston) 0-1
Anish Giri (Niderlandiya) — Yagiz Kaan Erdogmush (Turkiya) 1-0
Gukesh Dommaraju (Hindiston) — Aravindh CHitambaram (Hindiston) 0,5-0,5
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Bugun turnirda 12-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda musobaqa kashfiyotlaridan biri germaniyalik Mattias Blubaumga qarshi bahs olib boradi. Javohir Sindarov ham oq donalarda o'ynaydi. U hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha bilan hisob-kitob qiladi. Uchrashuvlar bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi.

comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Manba: olamsport.com
