logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:18
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Messi Jahon chempionati paytida yuz bergan ta'sirli voqeani aytib berdi

 30 MART, 2024, 10:54

Argentina terma jamoasi va “Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi 2022-yilda Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionati vaqtida o'g'illari haqida bilan bo'lgan ta'sirli voqeani aytib berdi. Gap guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan Argentina - Saudiya Arabistoni uchrashuvidagi (1:2) mag'lubiyatga Lionel farzandlarining munosabati haqida ketmoqda.

"Saudiya Arabistoniga qarshi o'yindan so'ng Mateo stadionni yig'lab tark etdi. Tiago matematika bilan shug'ullanardi va uni tinchlantirmoqchi bo'lib, Mateoga keyingi ikkala o'yinda ham g'alaba qozonsak, saralashdan o'tishimizni va guruhdan chiqishimizni tushuntirdi", — deya Messining so'zlaridan iqtibos keltiradi Barsa Worldwide.

Saudiya Arabistonidan shov-shuvli mag'lubiyatdan so'ng Argentina terma jamoasi guruh bosqichining navbatdagi ikki uchrashuvida Polsha va Meksika terma jamoalari bilan o'tkazib, pley-offga chiqdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR