logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:48
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Ten Xag: "Kazemiro yaxshilanib bormoqda"

 30 MART, 2024, 05:06

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xagning aytishicha, Kazemiro "Brentford"ga qarshi maydonga qaytishi mumkin.

"Qizil iblislar" uchun safar o'yini shanba kuni bo'lib o'tadi, uning boshlanishi Toshkent vaqti bilan soat 01:00ga belgilangan. Kazemiro mushaklardagi muammolar tufayli "Manchester Yunayted"ning xalqaro tanaffus oldidan so'nggi o'yinini - Angliya kubogi doirasida "Liverpul"ga qarshi 4:3 hisobida g'alabali bahsni o'tkazib yubordi. Braziliyalik futbolchining bo'lajak o'yindagi ishtiroki ham so'roq ostida.

"U allaqachon maydonda, jumladan, umumiy guruhda ham bir nechta mashg'ulotlar o'tkazgan. Uning ahvoli sezilarli darajada yaxshilanmoqda, biroq u asosiy tarkibda tushishga tayyormi yoki yo'qligini tushunish uchun biz hali ham o'yin oldidan vaziyatga baho berishimiz kerak”, dedi Ten Xag matbuot anjumanida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR