Prime Fl. Humoyun To'xtamurodov raqibini 1-raunddayoq nokaut qildi
30 YANVAR, 2026, 22:00
Toshkent shahridagi "Humo Arena"da Prime FL turniri o'tkazilmoqda.Ushbu turnir doirasida taniqli MMA jangchisi Humoyun To'xtamurodov ham jang o'tkazdi. Mazkur jangda Humoyunga rossiyalik Artyom Buloychuk raqiblik qildi.
3 raundga mo'ljallangan jang 1-raunddayoq yakunlandi. Humoyun 1-raundda raqibini avvaliga nokdaun holatiga, keyin esa texnik nokaut holatiga tushirdi va jangda g'alabaga erishdi.
Manba: olamsport.com
