logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Entoni Joshua Nigeriyadagi fojiali YTHdan so'ng ilk bor muxlislarga murojaat qildi

 30 YANVAR, 2026, 18:32

Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Entoni Joshua Nigeriyada sodir bo'lgan fojiali yo'l-transport hodisasidan so'ng ilk bor muxlislariga murojaat qildi.

Ushbu halokat oqibatida uning murabbiylari halok bo'lgan edi.

"Bir kun kelib mening ham navbatim keladi [bu dunyodan ketishga]. Va men bundan qo'rqmayman. Hatto u tomonda meni ikki aka-ukam kutib olishini o'ylasam, xotirjam bo'laman. Men avval ham yaqinlarimni yo'qotganman, lekin bu safar yo'qotganlarim yo'limda chap va o'ng qo'lim bo'lgan insonlar edi. Men o'zimni “katta yigit” deb ham anglamabman. CHunki men doimo ulkan insonlar bilan yonma-yon yurganman. Ular meni himoya qilardi, to'sib turardi, qalqonim edilar.

Ammo missiya davom etishi kerak. Men o'z burchimni va ular o'z oilalari uchun nima istaganini yaxshi tushunaman. SHuning uchun maqsadim — ular jismonan oramizda bo'lmasa ham, orzularini amalga oshirishga yordam berish. Kechasi va ertalab duo qilganimda, ruhan ular menga yordam berishini bilaman. CHunki meni faqat jismoniy kuch emas, yana yuqoridan beriladigan katta kuch olib o'tadi.

Men albatta duo qilaman va ularning oilalari uchun orzularini amalga oshirishga yordam beraman. Va faqat men emas. Biz katta jamoamiz, birodarlarmiz. Ular boshlagan ishni, merosini va orzularini davom ettiramiz. Men o'z dunyochamda nima qilishimni aniq bilaman", — dedi Joshua Ready to Fight nashriga.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ