logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Humoyun Sultonov Zahrada 1/2 finalga chiqdi

 30 YANVAR, 2026, 15:32

Kuvaytning Zahra shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.

Musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz Humoyun Sultonov biroz avval yakuniga etgan bahsda yarim final masalasini ijobiy hal qildi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi 1/4 finalda ruminiyalik Robert Gunani ikki set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/4. 

Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov ATP reytingida 581, Guna esa 1164-pog'onadan joy olgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ