WBC tashkilotida Fyuri - Maxmudov jangiga munosabat bildirishdi
30 YANVAR, 2026, 10:48
Jahon boks kengashi (WBC) prezidenti Maurisio Suleyman 11 aprel kuni o'tadigan Tayson Fyuri va Arslanbek Maxmudov o'rtasidagi jang haqida fikr bildirdi."Sobiq chempion sifatida Fyuri ayrim imtiyozlarga ega. G'olib WBC reytingida yuqori o'rinni egallaydi, deb ishonaman. Maxmudov WBC International va WBC Silver kamarlariga ega bo'lgan, u juda qattiq va kuchli bokschi", — dedi Suleyman Sky Sports’ga.
Manba: olamsport.com
