logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:03
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Yuventus"ning bu transferga qiziqish bildirayotgani yolg'on bo'lib chiqdi

 29 MART, 2024, 05:06

"Yuventus" Mario Mitayga qiziqish bildirmayapti.

“Sport-Ekspress” xabariga ko'ra, Turin klubi va “Lokomotiv” o'rtasida 20 yoshli futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar olib borilayotgani haqidagi ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi.

Albaniyalik futbolchi A Seriyada xorijlik o'yinchi hisoblanadi; "Yuventus" selektsionerlari bunday o'yinchilarga nisbatan boshqa ustuvorliklarga ega. Xususan, "Byankoneri"lar "Shaxtyor" yarim himoyachisi Georgiy Sudakovga alohida qiziqish bildirishmoqda.

Qayd etilishicha, "Yuventus" haqiqatdan ham chap qanot himoyachisi qidirmoqda, biroq italiyaliklar va Italiyada fuqarolari xorijlik futbolchi hisoblanmaydigan mamlakatlar vakillariga bu borada ustunlik beradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR