Trubin ECHL tarixida faqat 4 nafar darvozabonga nasib etgan muvaffaqyatni qayd etdi
29 YANVAR, 2026, 15:16
"Benfika"ning ukrainalik darvozaboni Anatoliy Trubin CHempionlar Ligasi tarixida faqat 4 nafar posbongina erishgan natijani takrorladi.Bu haqda "Opta Sport" malum qildi.
Manba malumotlariga ko'ra, Trubin UEFA CHempionlar Ligasida gol urgan beshinchi darvozabonga aylandi. Undan oldin Xans-Yorg Butt (3 ta gol), Sinan Bolat, Vinsent Eneama va Ivan Provedel (har biri 1 tadan gol) bunday ko'rsatkichga erishgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Trubin CHempionlar Ligasi umumiy bosqichining so'nggi turi doirasida madridning "Real" jamoasiga 90+8-daqiqada gol urgandi (4:2). Gol standart holatdan keyin urildi.
Ushbu gol "burgutlar"ga CHempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqish imkonini beruvchi 24-o'rinda yakunlashga yordam berdi. "Real" umumiy jadvalda to'qqizinchi o'rinni egallab, o'tish bosqichiga yo'l oldi.
comhttps://championat.asia/upl ... l.jpg class="fr-fic fr-dii">
Manba: olamsport.com
